01:12 / 25.12.2018
3 534

Portugaliya va Zimbabvelik murabbiylar “Mash’al”da ish boshlaydi

Portugaliya va Zimbabvelik murabbiylar “Mash’al”da ish boshlaydi
Yangi mavsum oldidan PFL va O‘FA klublar oldiga yana futbol akademiyalarini tashkil etish talabini qo‘ydi.

Shunga monand endilikda “Mash’al” jamoasi ham futbol maktabini yana futbol akademiyasiga aylantirib yanada shakllantirish borasida jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda. Ayni vaqtda akademiyada yangi oshxona va 100 o‘rinli yotoqxona yangidan ta’mirlanib mavsumga shay holatga keltirildi.

Shuningdek, dam olish xonalari, o‘qish va kompyuter hamda murabbiylar xonalari ham akademiya tarbiyalanuvchilari xizmatida bo‘ladi. Akademiya ixtiyoriga 3 ta tabiiy va 5 ta sun’iy maydon ham kiradi.

Bulardan tashqari “Mash’al” futbol akademiyasida tez kunda Portugaliyadan Miguyel Joao Kosta Lemos Moreira va Zimbabvedan Munemo Hebert Maruva murabbiylik faoliyatini boshlashiga yaqin turishibdi.

O‘zbek futboliga o‘chmas nomlar-u yulduzlarni chiqarishda fabrika bo‘lgan “Mash’al” klubi futbolimizning mustahkam poydevori bo‘lishiga shubhamiz yo‘q!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Portugaliya va Zimbabvelik murabbiylar “Mash’al”da ish boshlaydi