00:38 / 30.12.2018
3 343

«Tottenxem» Londonda «Vulverxempton»ga yutqazib qo‘ydi va boshqa o‘yinlar natijasi

«Tottenxem» Londonda «Vulverxempton»ga yutqazib qo‘ydi va boshqa o‘yinlar natijasi
Angliya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z yakuniga yetdi.
«Tottenxem» klubi Londonda «Vulverxempton» bilan bahs yuritdi. «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda kutilmagan natija qayd etildi.

Dastlab Xarri Keyn 22-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi, biroq ikkinchi bo‘limda «bo‘rilar» bunga uchta to‘p bilan javob qaytarishdi. 72-daqiqada Boli muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 83-daqiqada Ximenes mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Elder Koshta o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Parallel kechgan o‘yinlarda «Everton» safarda «Brayton»ga yutqazib qo‘ydi. «Lester» esa so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib «Kardiff»ga mag‘lub bo‘ldi.

«Fulxem» Mitorovichning hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtdagi goli evaziga «Xaddersfild»ni taslim etdi. «Nyukasl» safarda «Uotford» bilan durang o‘ynadi.

APL, 20-tur

Tottenxem – Vulverxempton 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar:
1:0 – 22 Keyn, 1:1 – 72 Boli, 1:2 – 83 Ximenes, 1:3 – 87 Elder Koshta.

Tottenxem – Loris, Sanches, Devis, Tripper, Alderveyreld, Sissoko, Uinks, Eriksen, Alli (Lukas Moura, 68), Son Xыn Min, Keyn.
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro, Bennett, Kavaleyru (Gibbs-Uayt, 85), Dendonker (Moutinyu, 68), Traore (Elder Koshta, 59), Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes.
Ogohlantirishlar: Devis (16), Eriksen (42), Kastro (81), Keyn (81), Ximenes (84).

Uotford – Nyukasl 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 29 Rondon, 1:1 – 82 Dukure.

Uotford – Foster, Mariappa, Mazina (Xolebas, 78), Yanmat, Ketkart, Pereyra, Xyuz (Dini, 54), Saksess, Kapu, Deulofeu, Kina (Dukure, 54).
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Dammett, Yedlin, Fernandes (Sher, 46), Ritchi, Xeyden (Shelvi, 79), Diame, Atsu, Peres, Rondon.
Ogohlantirishlar: Mazina (44), Yedlin (66), Sher (90).

Fulxem – Xaddersfild 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 90+1 Mitrovich.

Fulxem – Riko, Odoi, Mouson (Le Marshan, 46), Rim, Chembers, Kerni, Seri (Kamara, 46), Kristi, Brayen, Vetto (Sessenon, 77), Mitrovich.
Xaddersfild – Lessl, Yorgensen, Shindler, Kongolo, Xaderdjonay, Xogg, Billing, Durm, Pritchard (Kachunga, 65), Leve, Mune (Depuatr, 65).
Ogohlantirishlar: Seri (25), Odoi (44), Kristi (64), Xogg (69).

Lester – Kardiff 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 90+2 Kamarasa.

Lester – Shmeyxel, Maguayr, Chiluell, Rikardu Pereyra, Seyundjyu, Grey (Okadzaki, 79), Mendi, Olbrayton (Gezzal, 58), Meddison, Ndidi, Vardi (Ixeanacho, 68).
Kardiff – Eteridj, Manga, Kanningem, Bamba, Morrison, Arter (Pelter, 90), Merfi (Xarris, 78), Gunnarsson, Kamarasa, Xoylett (Rid, 83), Paterson.
Ogohlantirishlar: Eteridj (53), Morrison (90).

Brayton – Everton 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 59 Lokadiya.

Brayton – Batton, Daffi, Bernardo, Montoyya, Dank, March, Propper, Stivens, Gross, Andone (Myurrey, 74), Lokadiya.
Everton – Pikford, Kin, Zuma, Din, Mina (Sigurdsson, 65), Bernard (Nyasse, 80), Andre Gomesh (Kelvert-Lyuin, 72), Risharlison, Guye, Uolkott, Koulmen.
Ogohlantirishlar: Bernard (53), Mina (56).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Tottenxem» Londonda «Vulverxempton»ga yutqazib qo‘ydi va boshqa o‘yinlar natijasi