07:21 / 30.12.2018
3 142

Mourinoni hurmat qiling!

Mourinoni hurmat qiling!
«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou Joze Mourino haqida fikr bildirdi. «Juda yoqimsiz holat, odamlar Mourinoning nimalar qilganini bir zumda unutishdi. Vaholanki, u jamoaga uchta sovrin olib berdi. «Manchester Yunayted» Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi, hali bu sovrinni umuman qo‘lga kiritmagandi. Shuning uchun biz Jozeni hurmat qilishimiz va uning jamoaga olib bergan sovrinlarini unutmasligimiz kerak», - dedi Shou.

Aytgancha, «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi mankunianliklar boshqaruvini tark etgan Joze Mourino haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. «Zamonaviy futbolda munosabatlar o‘zgarib ketgan. Murabbiyning matbuot anjumanida o‘z futbolchilariga aybni ag‘darishi — to‘g‘ri emas. Hozir futbolchilar topayotgan pulni inobatga olsak, murabbiy shunchaki o‘yinchilar bilan munosabatni buzib qo‘yishi mumkin. Futbolchilar murabbiy o‘zining tomonida ekanini bilsa-da, ular bilan boshqacharoq munosabatda bo‘lish lozim. Jozening bunday munosabati men uchun syurpriz bo‘ldi. Nazarimda, bir necha yil ishlaganiga qaramay, u futbolchilarni o‘z tomoniga og‘dira olmadi», - dedi Runi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinoni hurmat qiling!