
UFC yengil vazn toifasida chempion Amanda Nunes Kris Sayborgni mag‘lub etib yarim yengil vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bahs Kaliforniyada tashkil qilingan UFC 232 turniri doirasida bo‘lib o‘tdi. Nunes Sayborgni birinchi raundning 51-soniyasida nokautga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Amanda UFCdagi faoliyati doirasida 17 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Kris esa 23 bahsda ishtirok etib 2 marta imkoniyatni boy bergan. Amanda Nunes UFC ikki divizioni chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan birinchi ayol. Ilgariroq, bunday natijani Konor MakGregor hamda Daniel Korme qayd etishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar