UFC prezidenti Deyn Uayt rossiyalik Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida takroriy jang bo‘lishi mumkin, deya fikr bildirdi, deb xabar berdi Sputnik. Ushbu jang 2019 yilda o‘tkazilishi mumkinligi aytilgan.
"Meni fikrimcha, revansh jang 2019 yilda bo‘ladi. Yigitlar g‘alaba qozonishni istashlari aniq. Hozircha hammasi yaxshi ketyapti, shu bois bu olishuv albatta bo‘lib o‘tishi lozim", - degan Uayt.
Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6 oktyabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.
Xabib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?