
Amerikalik bokschi ko‘rgazmali jangda katta summani qo‘lga kiritdi. Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘zining Instagram sahifasi orqali Tensin Natsukava bilan jangi natijasida olgan gonararini namoyish etdi.
Meyvezer ushbu jangning ilk raundidayoq raqibini nokautga uchratgan va 9 mln AQSh dollari miqdorida gonararga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, Meyvezer - Natsukava jangi ko‘rgazmali xarakterga ega edi va professional boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazildi. Ushbu jang natijasi sportchilarning karerasiga kiritilmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar