23:33 / 04.01.2019
3 393

Osiyo Kubogi. Alberto Zakkeroni: “Biz bu musobaqani sabrsizlik bilan kutdik”

Osiyo Kubogi. Alberto Zakkeroni: “Biz bu musobaqani sabrsizlik bilan kutdik”
Osiyo Kubogi 1-turidan oʻrin olgan BAA - Bahrayn uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ishtirok etishdi.
BAA ustozi Alberto Zakkeroni va jamoa sardori Ismoil Matar jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Biz bu musobaqani sabrsizlik bilan kutdik. Ajoyib natija qayd etish uchun bor kuchimiz bilan oʻynaymiz. BAA terma jamoasi musobaqaga juda yaxshi tayyorgarlik koʻrdi. Biz oʻz uyimizda ham, xorijda ham yigʻinlar oʻtkazdik. Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonida hech qanday muammoga duch kelmadik.

Baʼzi futbolchilar jarohat olishdi. Biroq bu jihatlar musobaqa davomida bizga taʼsir qilmaydi deb umid qilaman. Bahraynga qarshi bahsda ijobiy natija qoʻlga kiritishga intilamiz.

Osiyo terma jamoalari soʻnggi yillarda kuchayishdi. BAAdagi musobaqada jamoalarning imkoniyatlari teng. Chempion juda kichik detallar tufayli aniqlanishiga ishonchim komil", - deydi Alberto Zakkeroni.

“Osiyo Kubogidagi barcha jamoalar chempion boʻlishga teng imkoniyatga ega. Sababi ularning barchasi kuchli. 1996 yilgi Osiyo Kubogidagi natijamizdan (finaldagi magʻlubiyat - tahririyat) yaxshiroq ishtirok etishga urinamiz. Bahrayn bilan bahsga tayyormiz”, - deydi BAA sardori Ismoil Matar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. Alberto Zakkeroni: “Biz bu musobaqani sabrsizlik bilan kutdik”