date
views 2 288

«MYu» Sulsher boshqaruvida qatorasiga beshinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi

«MYu» Sulsher boshqaruvida qatorasiga beshinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi
Angliya Kubogining 3-bosqich o‘yinlari davom etmoqda. «Manchester Yunayted» o‘z maydonida quyi liga vakili «Reding»ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Gollarga Mata va Lukaku mualliflik qilishdi. Qayd etish kerakki, bu Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvida qatorasiga beshinchi o‘yindagi beshinchi g‘alaba bo‘ldi.

Norvegiyalik mutaxassis jamoada Joze Mourino o‘rnini egallagach, manchesterliklar APLda qatorasiga 4ta turda «Kardiff» (5:1), «Bornmut» (4:1), «Haddersfild» (3:1) va «Nyukasl» (2:0) kabi jamoalarni mag‘lub etgandi. Beshinchi g‘alabadan keyin to‘plar nisbati 16:3 ko‘rinishini oldi.

Angliya Kubogining beshinchi bosqichi doirasidagi o‘yinlardan keyin hozircha o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozongan «Tottenhem», «Byornli», «Vest Hem», «Brayton», «Vest Bromvich» va «MYu» keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Bu bosqichda durang natija bilan yakunlangan qarama-qarshiliklarda javob bahslari o‘tkaziladi. «Stok Siti» «Shrusberi»ni, «Sheffild» «Luton»ni birinchi o‘yinda yenga olmadi va masalani javob uchrashuviga qoldirdi.

Angliya Kubogi, 3-bosqich
5 yanvar
Manchester Yunayted – Reding 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar:
1:0 – 22, penalti Mata, 2:0 – 45 Lukaku.
Manchester Yunayted – Romero, Djons, Darmian, Yang, Diogu Dalot, Pereyra, Maktomini, Mata (Chong, 62), Fred (Fellayni, 62), Sanches (Reshford, 64), Lukaku.
Reding – Yaakkola, Mur, Ilori (Aluko, 46), Richards, Yadom, Svift, Xerriott (Meyte, 76), Kelli, Rinomxota, Makkliri (Barrou, 61), Louder.
Ogohlantirishlar: Yadom (33), Chong (77).

Byornli – Barnsli 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 90, penalti Vud.

Vest Hem – Birmingem 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 2 Arnautovich, 2:0 – 90 Kerroll.

Bornmut – Brayton 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar:
0:1 – 31 Knokert, 0:2 – 34 Bissuma, 1:2 – 55 Pyu, 1:3 – 64 Andone.

Shrusberi – Stok Siti 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 45, penalti Norbern, 1:1 – 78 Krauch.

Vest Bromvich – Uigan 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:
1:0 – 31 Sako.

Sheffild Uensdey – Luton 0:0
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «MYu» Sulsher boshqaruvida qatorasiga beshinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi