3 yanvardan boshlab AGMK futbol klubi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. 15 yanvarga qadar davom etadigan mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda. 8 yanvar kuni jamoa futbolchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq, jamoada yangi murabbiylar shtabi ish boshlaganligini xabar berib o‘tgan edik. 2018 yilgi mavsumda AGMK murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Zohid Nurmatov, Anton Mayeranov va Xaliljon Abdurahmonov bilan ham shartnomalar uzaytirilmadi. Bunga qadar bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan ham xayrlashilgandi.
2019 yilda AGMK jamoamiz o‘z tarixida ilk marotaba xalqaro maydonda uchrashuvlar o‘tkazadi. Ayni kunlarda jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari jadal olib borilmoqda. Bir qator tajribali futbolchilar bilan kelishuvga erishildi. Ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng ommaga rasman e’lon qilinadi.
2018 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya etgan bir qator futbolchilar bilan ham shartnomalar uzaytirildi. Shu bilan birga jamoani tark etgan futbolchilar ham bor. Xurshid Xodjayev, Alisher Samatov, Muzaffar Muzaffarov, Jamshid Hasanov, Kamoliddin Murzoyev, Yovan Jokich, Vladimir Bubanya va Vladislav Kasminin bilan xayrlashildi.
Jamoa murabbiylar shtabida yana ikki mutaxassis ish boshladi. Vitaliy Lushachyov jamoaga tahlilchi murabbiy (analitik) va Marat Axmerov murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi