Yaponiya - Turkmaniston o‘rtasidagi o‘yindan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida Xajime Moriyasu va Maya Yoshida ishtirok etdi.
"Osiyo Kubogi syurprizlar bilan boshlandi. Avstraliya yutqazdi, Tailand yutqazdi, Janubiy Koreya esa qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Natijalar musobaqaning ilk uchrashuvi qanchalik qiyin bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Turkmaniston bilan bahsda maqsadimiz juda oddiy - faqat g‘alaba.
Umuman olganda har bir o‘yin qiyin bo‘ladi, futbolchilar buni bilishadi. Bizning tarkibda tajribali va yosh futbolchilar bor. Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish.
Jahon chempionatidan so‘ng Yaponiya bosh murabbiyiga aylaganimdan so‘ng tarkibni yoshartirishga qaror qildim. Sababi Yaponiya futbolini qurishda davom etmoqchimiz.
Yosh futbolchilar bu imkoniyatdan foydalanib Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etishadi deb umid qilaman.
Dekabr oyida bir haftalik yig‘in o‘tkazdik. Biz nafaqat Turkmaniston, balki butun Osiyo Kubogiga tayyorlandik", - deydi Xajime Moriyasu.
"To‘rt yil oldin Osiyo Kubogida chorak finalda yutqazib qo‘yganimiz bizni xafa qilgan edi. Jamoam sovrinni qo‘lga kiritmoqchi. Barcha futbolchilarga ishonaman. Agar faxr va mas’uliyat bilan o‘ynasak imkoniyatlarimizga yuqori baho beraman", - deydi Maya Yoshida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi