Xokkeychining zarbasidan keyin shayba ikkiga bo‘linib ketdi (video)

Xokkeychining zarbasidan keyin shayba ikkiga bo‘linib ketdi (video)
Kelouna Rokets” xokkey jamoasining (Kanada va AQSh, G‘arb xokkey ligasi) “Prins Jorj Kugars” jamoasiga qarshi uchrashuvida ushbu sport turida milliondan bir marta yuz beradigan hodisa sodir bo‘ldi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi.

Hujumlardan biri vaqtida “Kelouna Rokets” o‘yinchisi Leyn Zablotski raqib jamoa darvozasi tomon kuchli zarba bergan. Shayba darvoza ustidan o‘tib, maydon chetidagi himoyalovchi oynaga tekkan. Shundan keyin shayba muz ustiga ikkiga bo‘laklangan holda tushgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar