
Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida Oʻzbekiston MTJ - Ummon MTJ oʻyini (2:1) yakuniga yetgandan soʻng raqib jamoa bosh murabbiyi Pim Verbek matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Oʻylaymanki birinchi boʻlimda biz yaxshiroq natija qayd etishimiz kerak edi. Ammo raqib darvozaboni ajoyib oʻyin namoyish qildi. Boz ustiga Oʻzbekiston terma jamoasi ham jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq boʻldi. Oʻyin tomonlama biz aslo qolishganimiz yoʻq. Bu oʻyinda hech boʻlmasa bir ochkoga haqli edik.
Endi guruhdagi holat biz uchun qiyinlashishi turgan gap. Chunki oldinda bizni Yaponiyadek raqib kutib turibdi. Ammo biz har bir oʻyinda ochko olish uchun oʻynaymiz.
Ektor Kuper Ummonni yaxshi oʻrgangani aniq. Ummon birinchi boʻlimda ham, ikkinchi boʻlimda ham oʻyinni nazorat qildi, ammo magʻlubiyatga uchradi. Nima uchun?
Futbol - oxirigacha oʻynaladigan oʻyin. Jamoadagi har bir futbolchi oxiriga qadar kurashishi shart. Biz bu ishni bajara olmadik. Oʻzbekistonni yengish uchun koʻproq professional jihatlarga ega boʻlib, jismonan koʻproq tayyor boʻlishimiz shart edi", - deydi mutaxassis.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar