date
views 3 604

Kuper O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini e’lon qildi

Kuper O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini e’lon qildi
Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasidagi 2-tur uchrashuvida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi. Ektor Kuper terma jamoaning ushbu o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibini e’lon qildi.

Kun.uz nashri xabar berishicha, Ummonga qarshi o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibda 3 ta o‘zgarish bor: Eldor Shomurodov, Islom To‘xtaxo‘jayev va Dostonbek Hamdamov boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olishgan. Himoyachi Yegor Krimets birinchi turda qizil kartochka olgani sabab 2-turni o‘tkazib yuboradi. Uning pozitsiyasida bugun Islom To‘xtaxo‘jayev harakat qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Oleg Zoteyev, Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Javohir Sidiqov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuper O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini e’lon qildi