BAAda o‘tayotgan Osiyo Kubogi-2019ning «F» guruhi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya – O‘zbekiston uchrashuvidan (1:2) so‘ng mikst zonada futbolchilar jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri Al-Ayn shahridan.
Jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasining 8-raqamli himoyachisi Ikromjon Aliboyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
— O‘yin oson kechmadi. Kerakli natijani qo‘lga kiritib, muxlislarimizni xursand qila olmaganimizdan xafaman. Albatta, Yaponiya — Osiyoning grand terma jamoalaridan hisoblanadi. Har ikki jamoa guruhdan chiqish masalasini muddatidan avval hal qilgani uchun ochiq futbol taklif etishdi. Biz ham o‘yinda imkon qadar tartibli harakat qildik, biroq raqib o‘yin davomida biz yo‘l qo‘ygan xatolardan unumli foydalandi. Lekin o‘yinda gol urish uchun bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi.
Keyingi o‘yinda Avstraliya terma jamoasi qarshi maydonga chiqamiz. Albatta, g‘alaba qozonish va chorak finalga yo‘l olish uchun o‘ynaymiz. Jamoada bunga yarasha salohiyat, inoq muhit bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi