15:46 / 20.01.2019
3 593

40 yoshli Pakyao sobiq jahon chempioni Bronerni mag‘lub etdi

40 yoshli Pakyao sobiq jahon chempioni Bronerni mag‘lub etdi
Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni 40 yoshli Menni Pakyao 4 vazn toifasining sobiq jahon chempioni Edriyen Bronerni mag‘lub etib WBA Regular chempionlik kamarini himoya qildi.
Bahs Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi va Menni hakamlar qaroriga ko‘ra 117-111, 116-112, 116-112 hisobi bilan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Broner professional ringda 39 ta jang o‘tkazib, 33 tasida g‘alaba qozongan va yana 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. Menni Pakyaoning hisobida 61 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat va 2 bahsda durang bor.

Turnir doirasida, Markus Braun Badu Jek ustidan g‘alaba qozonib WBC Silver chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Shu qatori, Nordin Ubaali Raushi Uorrenni mag‘lub etib WBC yengil vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 40 yoshli Pakyao sobiq jahon chempioni Bronerni mag‘lub etdi