19:56 / 20.01.2019
3 001

Vital Borkelmans: "Iordaniyani Qatardagi Jahon chempionatiga olib borishga harakat qilaman"

Vital Borkelmans: "Iordaniyani Qatardagi Jahon chempionatiga olib borishga harakat qilaman"
Osiyo Kubogi nimchorak finali doirasidagi Iordaniya - Vetnam (1:1, penaltilar seriyasi 4:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida Vital Borkelmans ishtirok etdi.
Birinchi taymda yaxshi o‘ynadik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi taymda esa qarshi hujumda o‘ynadik. Ahmoqona ishlar bilan shug‘ullandik. Vetnam munosib o‘ynab g‘alaba qozondi.

Vetnam terma jamoasi ikkinchi taymda bizdan yaxshiroq o‘ynadi. Ba’zi futbolchilarimiz juda ham sust harakat qilishdi. Shu bois ham ular musobaqani davom ettirishadi, biz esa uyga ketamiz. Mag‘lub bo‘lish alamli, guruhda birinchi o‘rinni olganimizdan so‘ng chorak finalga chiqishga umid qilgandik.

Kecha men kuchli jamoa keyingi bosqichga chiqadi degandim, to‘g‘ri. Bugun hozirgina aytganimdek futbolchilarim ahmoqona harakatlar qilishdi. Vetnam bugun omadliroq bo‘ldi.

Bugun jamoalar 120 daqiqa davomida maydonda kurash olib borishdi. Iordaniya bosh murabbiyi ekanimdan o‘yindan oldin ham xursand edim, mag‘lubiyatdan keyin ham xursandman.

Vetnam safida 3-4 nafar kuchli futbolchi bor. Ularning ismlarini ayta olmayman. Vetnam yaxshi jamoa, Osiyo Kubogida ular uzoqqa borishi mumkin. Bu kelajak jamoasi, tarkibida ko‘p yosh futbolchilar bor.

Iordaniya terma jamoasini boshqarishda davom etamanmi yoki ketamanmi hozir bir narsa deya olmayman. Ammo shunday kuchli jamoada imkon qadar ko‘proq qolishga umid qilaman. 2022 yil Iordaniyani Qatardagi Jahon chempionatiga olib borishga harakat qilaman", - deydi Vital Borkelmans.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vital Borkelmans: "Iordaniyani Qatardagi Jahon chempionatiga olib borishga harakat qilaman"