Osiyo Kubogi nimchorak finali doirasidagi Iordaniya - Vetnam (1:1, penaltilar seriyasi 4:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Park Xang Seo qatnashdi.
"O‘tgan o‘yindan keyin futbolchilarimni keskin tanqid qilgandim. Bugun ular qo‘llaridan keladigan kuchli futbolni namoyish etishni so‘ragandim. G‘alaba qozonganimizdan xursandman.
Chorak finalda kim bilan o‘ynashni istardim? Yaponiya ham, Saudiya Arabistoni ham kuchli. Umuman bu bosqichda kuchsiz raqib bo‘lmaydi. Ikkala jamoa ham FIFA reytingida juda yuqori o‘rinlarda.
3-turdan so‘ng tiklanish uchun kam vaqt bo‘lgandi to‘g‘ri. Bugungi bahs og‘ir o‘tdi. Bir jamoa bo‘lib jang qildik. Shogirdlarim bugun borini berib o‘ynashdi.
Iordaniya o‘yinini tahlil qilganimizda uzun paslar ko‘p berishini bilgandik. Raqib safida ikki himoyachi qarshi hujumga ko‘p o‘tardi. Shu bois bugun bo‘yi baland bo‘lgan futbolchilarni maydonga tushirdik.
Bugungi bahs uchun taktikamizni o‘zgartirmadik. Barcha futbolchilar o‘z vazifasini 100 foizga bajarishdi.
Ko‘pchilik meni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu g‘alaba faqat meniki emas, butun jamoaniki. Guruhdagi ikki mag‘lubiyatdan so‘ng Vetnam matbuoti keskin tanqid qilgandi. Chorak finalga chiqdik, endi tanqid bo‘lmasa kerak.
Pley-off bosqichi bo‘lgani uchun albatta penaltilar seriyasiga tayyorlandik. Uchrashuvdan oldin jiddiy o‘ylab ko‘rib, penalti tepadigan futbolchilarni o‘zgartirdim. Menimcha yomon bo‘lmadi.
Oldingi bahsda omadsizman degan edim? Yo‘q bunday deb aytmagandim. Iroqqa qarshi bahsdan keyin mening so‘zlarimni noto‘g‘ri tarjima qilishgan ko‘rinadi.
Ko‘proq himoyaviy o‘yin namoyish etamiz, bu to‘g‘ri. Himoyaviy o‘yin bu biz ko‘rsata oladigan eng yaxshi futbol", - deydi Park Xang Seo.
Matbuot anjumani yakunlangach bosh murabbiy darhol chiqib ketmay, har bir jurnalistga shaxsan minnatdorchilik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi