O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dostonbek Hamdamov faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettiradi.
Tribuna.uz nashriga ko‘ra, transfer huquqi Mahachqal’aning «Anji» klubiga tegishli bo‘lgan bu futbolchi yaqin vaqtlar ichida Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga qo‘shiladi.
Futbolchining o‘zi ma’lum qilishicha, u «sherlar» bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi va yangi klubida 17-raqamli futbolkada to‘p suradi.
Ayni vaqtda «Anji» Kislovodsk shahrida 27 nafar futbolchi bilan yig‘in o‘tkazmoqda, ular orasida Hamdamov yo‘q. U ayni vaqtda, Osiyo Kubogidan keyin Toshkentga qaytgan.
Yaqin vaqtlar ichida tomonlar transfer haqida rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda 22 yoshda bo‘lgan Dostonbek Hamdamov futbolchilik faoliyatini Sirdaryoning «Yangiyer» klubida boshlagan, keyin «Bunyodkor» akademiyasiga o‘tgan. U 2014 yilda «qaldirg‘ochlar»ning asosiy tarkibida debyut qilgan va jamoada 3 mavsum davomida to‘p surgan. U bu davr mobaynida jamoa uchun 82 o‘yin o‘tkazib, 33 gol urgan, jamoa bilan bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan.
«Anji» 2018 yil bahorida uni o‘z safiga qo‘shib olgan va u bilan 1,5 yillik shartnoma tuzgandi.
Dostonbek Hamdamov 2013 yilda O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi bo‘lgan, 2014-15 yillarda O‘zbekiston yoshlar jamoasida, 2016 yildan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida mamlakat sharafini himoya qilgan. 2016 yilda milliy terma jamoaga chaqirilgan. U 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi.
«Paxtakor» bundan oldinroq «Bunyodkor»ning sobiq futbolchilari Akrom Komilov va Sardor Sobirxo‘jayev, shuningdek, «Navbahor»dan Aziz Turg‘unboyevni o‘z safiga qo‘shib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi