
“Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga garovda yutqazib qoʻydi.
Unga koʻra 33 yoshli portugaliyalik futbolchi italiyalik mutaxassisga A Seriyaning joriy mavsumida barcha penaltilarni aniq amalga oshirishini aytgan. Oʻz navbatida Allegri esa uning bu soʻzlariga qarshi chiqqan holda, uning kamida bitta penaltini amalga oshira olmasligini aytgan.
Eslatib oʻtamiz, Ronaldu A Seriyaning oʻtgan turida “Kyevo”ga qarshi oʻyinda 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi. Shu tariqa ushbu garovda Allegrining qoʻli baland keldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar