
"Paxtakor" bir qator futbolchilari bilan xayrlashdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lumot berdi. Jamoamiz safida oxirgi mavsumlarda eng tajribali futbolchiga aylangan, ko‘p marta O‘zbekiston chempionati va Kubogida zafar quchgan Kamoliddin Tojiyev erkin agent sifatida "Metallurg"ga ko‘chib o‘tdi. Klub rahbariyati va muxlislar nomidan Tojiyevga "Paxtakor"dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev va Abbos Otaxonov esa bekobodliklar safiga transfer qilindi. Shuningdek, Suhrob Nurulloyev va Ibrohim Yo‘ldoshev "Metallurg"ga ijaraga berildi. Biz ushbu futbolchilarga yangi jamoalaridagi faoliyatlari omadli chiqishini tilab qolamiz.
Manba: pakhtakor.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar