
Ertaga 28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyuradi. Braziliyalik jahon chempioni joylashgan samolyot soat 09:30 da Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro aeroporti"ga qo‘nadi. Shu kuni Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan futbol afsonasi turli tadbirlarda ishtirok etadi.
Jumladan, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2 ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p suradi.
Soat 15:00 da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg‘alar taqdim qiladi. Soat 16:00 da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.
Manba: www.ufa.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar