11:48 / 28.01.2019
4 151

Mashhur futbolchi Roberto Karlos Toshkentga keldi (foto)

Mashhur futbolchi Roberto Karlos Toshkentga keldi (foto)
Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toshkentga yetib keldi. U uchgan samolyot soat 09:30da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Tashrif rejasiga ko‘ra, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p suradi.

Soat 15:00da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg‘alar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.

Foto: O‘FA
Eslatib o‘tamiz, 45 yoshli sobiq futbolchi Braziliya terma jamoasi bilan JCh-2002da bosh sovrin sohibi bo‘lgan, JCh-1998da esa kumush medal egasiga aylangan. «Real» safida esa uch marotaba Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lib, YeChLda yuzdan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur futbolchi Roberto Karlos Toshkentga keldi (foto)