
«Roma» hujumchisi Edin Jeko hakamga tuflagani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
32 yoshli hujumchi Italiya kubogi chorak finalida «Fiorentina»ga qarshi kechgan o‘yinning 72-daqiqasida bosh hakam Janluka Manyaniyelloning yuziga tuflagani uchun maydondan chetlatildi.
West Ham’s reported interest in Edin Dzeko has been ended by the striker himself by getting himself what looks to be a lengthy ban by spitting, yes spitting at the referee tonight.???? pic.twitter.com/5dtzzRHZ3W
— Forever Boleyn (@ForeverBoleyn) January 30, 2019
Ushbu holat o‘yin protokoliga qo‘shilgan taqdirda bosniyalik Edin jiddiy jazoga tortilishi ehtimolga yaqin.
Football Italia`ning aniqlik kiritishicha, Italiya kubogi alohida musobaqa sanaladi va shu bois Jeko diskvalifikatsiya qilingan taqdirda ham jazo A Seriyadagi ishtirokiga ta’sir etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Roma» «Fiorentina»ga 1:7 hisobida yutqazib, kubokdagi yurishini to‘xtatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar