
OFK tartib-intizom va etika qo‘mitasning 29 yanvardagi qaroriga ko‘ra, terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov jarimaga tortildi.
Ahmedov Osiyo kubogi 1/8 final bosqichi doirasida Avstraliyaga qarshi o‘yindan so‘ng flesh-intervyuga kelmagani uchun qo‘mita qaroriga ko‘ra 10 ming AQSh dollari jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Mazkur qaror e’lon qilinganidan so‘ng 30 kun muddat ichida yarim himoyachi jarimani to‘lashi shart. Shuningdek, Odil ushbu holatni yana bir bor takrorlasa kelgusi chora yanada qattiq bo‘lishi tayin.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar terma jamoamiz himoyachisi Yegor Krimets ikki bor OFK tomonidan jarimaga tortilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar