11:01 / 02.02.2019
3 614

Maradona tashkilot mansabdorini ringga chaqirdi: «FIFAda hammasi eski hammom, eski tos»

Maradona tashkilot mansabdorini ringga chaqirdi: «FIFAda hammasi eski hammom, eski tos»
Diyego Maradona FIFAning afsonaviy futbolchilar jamoasi sardorligidan ketdi. U tashkilot rahbariyati tomonidan o‘ziga nisbatan hurmatsizlik qilindi, deb hisoblagani uchun shunday qarorga kelgan.

Xabar qilinishicha, Maradona va FIFA bosh kotibi o‘rinbosari, «Milan»ning sobiq yarimhimoyachisi Zvonimir Boban o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Ziddiyat Xorvatiyada, FIFA afsonalari dasturi ishtirokchilari istiqomat qilayotgan mehmonxonada ro‘y bergan.

Zvonimir Boban - FIFA bosh kotibi o‘rinbosari

«Men Janni Infantinoga xat yozib, FIFA afsonalari sardori lavozimidan iste’foga chiqishimni bildirdim», – degan argentinalikning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz.

Maradonaning hisoblashicha, FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter va Argentina futbol assotsiatsiyasining sobiq rahbari Xulio Grondonning ketganidan buyon jahon futbolining bosh tashkiloti «mutlaqo o‘zgarmay qolgan». «Barchasi o‘zgarishlarsiz qoldi», – deydi u.

«Ular bizni mehmonxonada Marko van Basten va yana bir boshqa o‘yinchi bilan bitta xonaga joylashtirishdi. Ular bizga shunday munosabatda bo‘lishdiki, biz xuddi faqat ovqatlantirish kerak bo‘lgan jajji kuchukchalardekmiz. Mutlaqo hurmatsizlik qilishdi.

Mana nima uchun iste’foga chiqdim. Va endi men bu yangi FIFA haqida bilganlarimni oshkor qila boshlayman», – degan Maradona.

«Bobanga shuni aytishni istardimki, agar u bu vaziyatda yaxshi ko‘rinishni xohlasa, men uni boks ringiga taklif qilaman. U mehmonxonaga kelib, norozilik bildirmasligi kerak edi.

Hammasidan ham yomoni – Boban kimningdir tomonidan jo‘natilgan. Va bu «kimdir» – Infantino. Men 20 yoshli bola emasman, yoshim 58da. Bu men uchun og‘ir, chunki bu insonlarga ishongan edim. Endi ortiq ularga ishonmayman», – ta’kidlagan Diyego Maradona.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maradona tashkilot mansabdorini ringga chaqirdi: «FIFAda hammasi eski hammom, eski tos»