23:35 / 03.02.2019
3 506

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Arsenal»ni mag‘lub etdi

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Arsenal»ni mag‘lub etdi
Angliya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Arsenal» uchrashuvi o‘z yakuniga tedi. «Etixad Stedium»da bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq Serxio Aguero mankunianlarni oldinga olib chiqdi. 11-daqiqada Loran Koselni jarima maydoniga uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Aguero maydon egalarining ajoyib kombinatsiyasidan so‘ng to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga joyladi. 61-daqiqada Aguero uchrashuvdagi xet-trigini nishonladi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» 59 ochko bilan ikkinchi o‘ringa qaytdi, «Arsenal» (47) oltinchi pog‘onaga tushib ketdi.

APL, 25-tur
Manchester Siti – Arsenal 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar:
1:0 – 1 Aguero, 1:1 – 11 Koselni, 2:1 – 44 Aguero, 3:1 – 61 Aguero.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva, Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne (Marez, 88), Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 81).
Arsenal – Leno, Koselni, Monreal, Kolashinats (Denis Suares, 66), Mustafi (Mavropanos, 79), Genduzi, Torreyra, Ivobi (Remzi, 66), Lixtshtayner, Obameyang, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Torreyra (40), Gyundogan (65).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» o‘z maydonida «Arsenal»ni mag‘lub etdi