2019 yilgi Turkiya superkubogi gʻolibini aniqlash uchun kechadigan oʻyin Toshkentdagi “Milliy” (sobiq “Bunyodkor”) stadionida tashkillashtirish ustida muzokaralar olib borilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri oʻz manbalariga tayangan holda.
Uchrashuv joriy yilning avgust oyida tashkillashtiriladi, biroq aniq sana hali maʼlum emas.
Qayd etib oʻtish joizki, bu 1966 yildan buyon muntazam tashkillashtirilib kelinayotgan (faqatgina 2011 yili mamlakat futbolidagi korrupsiya mojarosi tufayli oʻtkazilmagan) Turkiya superkubogining ilk marta Turkiya Respublikasidan tashqarida tashkillashtirilayotgan holat emas. 2006, 2007, 2008 yilgi mavsumlarda ham Superkubok Germaniya stadionlarida boʻlib oʻtgan.
Superkubokning 2018 yilgi “Aqhisar Belediyespor” - “Galatasaroy” oʻyini Koʻnyodagi “Buyukshahar” stadionida 5 avgust kuni boʻlib oʻtgan. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangach, penaltilar seriyasida omad “Aqhisarspor” klubiga kulib boqqan.
Umuman, Turkiya superkubogini eng koʻp qoʻlga kiritgan klub “Galatasaroy” boʻlib turibdi — 15 marta. U 9 marta finalchi boʻlgan. “Fenerbaxche” 9 marta gʻolib chiqqan, 9 marta yutqazgan. Uchinchi oʻrindagi “Beshiktosh” esa jami 20 marta finalga yoʻl olib, ularning 8 tasida gʻalaba qozongan. “Trabzonspor” qoʻlga kiritgan kuboklar soni ham 8 ta, biroq u uch martagina yutqazgan.
Superkubokda eng koʻp toʻqnash kelgan juftlik esa “Beshiktosh” - “Galatasaroy”dir. Ular 8 marta duch kelishgan va ularning beshtasida “Galatasaroy” gʻalaba qozongan.
Superkubokda eng koʻp gol urgan oʻyinchi Xoqon Shukurdir – 5 ta gol.
Eslatib oʻtamiz, Turkiya Superkubogi-2019 da 2018/19 yilgi mavsumda Turkiya superligasi chempioni va Turkiya kubogʻi sohibi toʻqnash kelishadi.
Ayni paytda mamlakat kubogining 1/4 finali oʻtkazilmoqda. Jumladan, bugun dastlabki ikki oʻyin boʻlib oʻtadi. Javob uchrashuvlari 26-28 fevral kunlari boʻlib oʻtadi:
05.02. “Trabzonspor” - “Umroniyaspor”
05.02. “Yeni Malatyaspor” - “Goʻztepe”
06.02. “Galatasaroy” - “Hatayspor”
07.02. “Aqhisarspor” - “Qosimposho”
18 ta klub ishtirok etadigan Turkiya superligasida esa “Istanbul Bashaqshehir” 20-turdan soʻng 44 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi. 2-oʻrindagi “Galatasaroy”da 36 ochko, 3-4-5-oʻrinlarda ketayotgan “Beshiktosh”, “Yeni Malatyaspor”, “Trabzonspor” klublari 33 ochkodan jamgʻarishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi