
Xabaringiz bor, ertaga OChL 2-saralash bosqichi doirasida AGMK klubi "Istiqlol"ni qabul qiladi.
Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizdagi "Lotte" mehmonxonasning "Registon" zalida tashkillashtirilgan anjumanda dastlab "Istiqlol" ustozi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Iliq kutib olishgani uchun rahmat. Barcha sharoitlar yaratib berildi. Ertangi o‘yini qiziq o‘tishi aniq, ular o‘z oldilariga yuqori marralarni qo‘yishgan.
Seleksiya ishari davom etmoqda, boisi o‘yin fevral oyidayoq bo‘lib o‘tmoqda, ammo shunday bo‘lsada, yangi kelgan futbolchilardan qoniqish hosil qilyapman.
Mirjalol Qosimovni yaxshi bilaman, biroq men «Lokomotiv»da ishlagan vaqtdagi ko‘plab narsalar o‘zgarib ketgan. Raqibning tarkibini ko‘rib, ularni kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Bu futbol, safar va uy o‘yinlari bir xil. Faqat qarama-qarshilik bir uchrashuvdan iborat ekanligidan muxlislar yutqazadi. Boisi futbol muxlislar uchun o‘ynaladi.
Bizning futboldagi reytingimiz yuqori emas, ammo 20 yildirki, sportimiz, jumladan futbol ham o‘sib, rivojlanib bormoqda", - dedi Fuzaylov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar