Kecha, 15 fevral kuni Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino hamda Qatarda 2022 yilda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati tashkilotchilari Istanbul shahrida uchrashishdi. Bu haqda «Kuwait News Agency» xabar berdi.
Tomonlar mazkur turnirda qatnashadigan jamoalar sonini 32 tadan 48 taga oshirish masalasini muhokama qilishgan. "Bu masalaga optimistik ruhda qarayapman, ammo oson bo‘lmaydi" - deydi FIFA rahbari.
2026 yili Meksika, Kanada va AQSh mezbonlik qiladigan JCh final bosqichida 48 terma jamoa qatnashadi.
Ulkan qadamni tashlash uchun Infantino 2026 yilni kutib o‘tirmoqchi emas, u «eng katta» jahon chempionatini kichik mamlakat — Qatardayoq boshlamoqchi, faqat ayrim o‘yinlar bu mamlakat tashqarisida o‘tkaziladi. FIFA rahbari vazifa uddalanishiga ishonmoqda, shunga qaramay turnir qatnashchilari sonining oshirilishi tashkilotchilar yumushini ancha ko‘paytirishi bor gap.
Qatar futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Yaqin Sharqdagi ilk mamlakat bo‘ladi. Turnir o‘yinlari 2022 yilning 21 noyabrida boshlanib, 18 dekabr kuni nihoyasiga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi