Toshkentning «Bunyodkor» klubi yetakchilari ketma-ket jamoani tark etishda davom etishmoqda. Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov kabi yetakchilardan so‘ng jamoa sardori Javlon Ibrohimov ham «qaldirg‘ochlar» safidan rasman ketdi.
Uzoq yillardan buyon «Bunyodkor» tayanch yarimhimoyasining asosiy vakili bo‘lib kelayotgan Javlon Ibrohimov Janubiy Koreya quyi divizionining «Suvon» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda koreys klubi rasmiy sayti xabar qilgan.
Qayd etish kerakki, bu Koreya futbolining yetakchi klublaridan bo‘lgan «Suvon Samsung Blyuvingz» klubi emas, quyi liga vakili bo‘lgan boshqa «Suvon»dir.
Ayni vaqtda 28 yoshda bo‘lgan Ibrohimov yangi jamoasida 70-raqamda o‘ynaydi. Shartnoma shartlari va bandlari ochiqlanmagan. Ibrohimov oldinroq «Bunyodkor»dan ketgani aytilgan va unga O‘zbekistondan ham takliflar bo‘layotgandi, lekin u Koreyaga ketishni ma’qul ko‘rdi.
Shu tariqa, ayni damda Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonlik legionerlar soni uch nafarga yetdi. Oldinroq Rustam Ashurmatov «Gvanju»ga, Ikrom Aliboyev esa «Seul»ga o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida