00:32 / 19.02.2019
4 485

Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga g‘alaba uchun kelganmiz"

Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga g‘alaba uchun kelganmiz"
OChL-2019 pley-off bosqichi doirasidagi "Al Nassr" - AGMK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov va Zafar Polvonov ishtirok etishdi.
"Al Nassr"ni hurmat qilgan holda bu bosqichda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Jamoadagi kayfiyat yaxshi, tayyorgarlik juda yaxshi olib borildi. "Al Nassr" qanchalik kuchli bo‘lmasin, biz ijobiy natija uchun kelganmiz. Maqsadga erishish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", - deydi Mirjalol Qosimov.

- O‘zbekiston chempionati o‘yinlariga u qadar ko‘p muxlis kelmaydi. Ertaga esa stadion to‘lishi kutilmoqda. Jamoaingizga bu salbiy ta’sir qilmaydimi?
- Bu aksincha yaxshi bo‘lardi. Stadion to‘lib tursa chiroyli o‘yin bo‘ladi. Futbol muxlislar uchun.

- Ikki jamoa ham bir-birini deyarli bilmaydi. O‘yin boshida qanday harakat qilmoqchisizlar?
- Bu o‘yinning borishiga bog‘liq. O‘yinga reja tuziladi, ammo maydonda barchasi boshqacha bo‘lib ketishi mumkin. Lekin biz imkon qadar to‘pni o‘zimizni saqlab turishga urinamiz. O‘yinni nazorat qilishga harakat qilamiz.

- Ertaga bitta o‘yindan iborat bahs bo‘ladi. Bundan qanday foydalanmoqchisizlar?
Zafar Polvonov: - To‘g‘ri bitta imkoniyat bor. Barcha yigitlarning kayfiyati juda yaxshi. O‘ylaymanki ertaga ham shunday bo‘ladi. "Al Nassr"ni o‘rganib chiqdik. Kuchli jamoa. Har bir chiziqda kuchli legionerlari bor. Mahalliy futolchilari ham kuchli. Lekin shunga qaramay biz bir jamoa bo‘lib g‘alaba uchun kurashamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga g‘alaba uchun kelganmiz"