Bugun, 22 fevral kuni Moskvada Rossiya futbol ittifoqining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot prezidenti va Ijroqo‘m a’zolari saylandi.
Uyushma bosh rahbarligi uchun yagona da’vogar – «Zenit» direktorlar kengashi raisi Aleksandr Dyukov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, RFIni 2005 yildan buyon boshqarib kelgan Vitaliy Mutko 2018 yil oxirida lavozimini tark etdi. U bundan bir yil muqaddam – 2017 yilning dekabrida doping mojarosi tufayli FIFA talabi bilan yarim yil muddatga iste’foga chiqqandi.
Bugungi konferensiyada «Spartak» xo‘jayini Leonid Fedun, SSKA prezidenti Yevgeniy Giner va «Krasnodar» sohibi Sergey Galitskiy kabi rus futbolidagi taniqli shaxslar uyushma Ijroqo‘mi a’zoligiga saylandi.
Ijroqo‘mning yangi tarkibi 23 kishidan iborat bo‘lib, yana to‘rtta o‘rin egasi keyingi konferensiyada ma’lum bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi