Dushanba, 4 mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi start oladi.
Demak, OFK klublar reytingiga eʼtibor qaratish uchun qulay fursat keldi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Oldin reytingning asosiy tamoyillarini eslab oʻtamiz:
- u soʻnggi 4 yillik natijalar asosida tuziladi;
- unda faqat klublarning OFK turnirlaridagi natijalari hisobga olinadi;
- 2019 yil yakuniga koʻra, 2021 va 2022 yillar uchun kvotalar aniqlanadi.
Ayni paytda, Gʻarbiy mintaqada Oʻzbekiston 6-oʻrinni egallab, kvotaning 1+2 dan 1+1 ga tushib qolish xavfi ostida turibdi (yaʼni guruh bosqichida 1 klub + saralash bosqichida 1 klub).
Oʻzbekiston 5-oʻrinni egallab turgan Iroqdan 2 ball orqada boryapti. Endi kelgusidagi kvotalar taqdiri “Lokomotiv” va “Paxtakor”ga bogʻliq boʻlib turibdi. Guruh bosqichida Iroq 1ta klub “Az-Zavra” bilan ishtirok etmoqda, demak, uning har 1 ochkosi mamlakat reytingiga 1 ball keltiradi. Oʻzbekiston klublarining har bir turda toʻplagan ochkosi 2ga boʻlinadi, chunki klublar tomonidan toʻplangan ochkoni oʻrtacha miqdori reytingda hisobga olinadi.
Oʻzbekiston reytingda 4-oʻrinni egallab turgan BAAga (kvotasi 2+2) yetib olishi juda qiyin. Biz ulardan 12 ball orqada qolyapmiz. Ammo 5-oʻrinda turgan Iroqdan oʻzib ketish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Agar yil oxiriga qadar shu voqea yuz bersa, Oʻzbekiston 2021 va 2022 yillarda ham 1+2 kvotaga ega boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi