Professional boksning oʻta ogʻir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov (4-0, 4 KO) 15 mart kuni AQSHda oʻzining beshinchi jangini oʻtkazadi.
GoSport.uz nashri bokschining oʻziga asoslanib maʼlum qilishicha, Jalolov shu kuni kolumbiyalik Santander Silgadoga (28-6, 22 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, Silgado oʻz vaqtida birinchi ogʻir (-90,7 kg) vazn toifasi reytingida birinchi oʻringa koʻtarilgan va 2012 yilda oʻsha vaqtlarda chempion boʻlgan rossiyalik Denis Lebedevga qarshi WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqqan, ammo imkoniyatni boy bergandi.
Bundan tashqari, Silgado bir necha marta ikkinchi darajali kamarlar uchun janglarda ishtirok etgan.
Eslatib oʻtamiz, Bahodir soʻnggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi