
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyat jamoa bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsherning jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga koʻra “qizil iblislar” norvegiyalik mutaxassisni jamoaning doimiy bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilmoqchi. Tomonlar bu borada oʻzaro kelishuvga ham erishib boʻlishgan. Unga koʻra Sulsher MYdan yiliga 8,7 mln yevro maosh oladi.
Eslatib oʻtamiz, Sulsher boshchiligidagi jamoa ayni damda APLda kuchli toʻrtlikka kirish uchun kurash olib bormoqda. Bundan tashqari ular YECHL 1/8 final bosqichida PSJni musobaqadan chiqarib yuborishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar