
12 mart, seshanba kuni futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining navbatdagi 2 ta javob uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Xosep Gvardiola qoʻl ostidagi “Manchester Siti” klubi “Ittihod” stadionida Germaniyaning “Shalke-04” jamoasini qabul qildi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqaning dastlabki bellashuvida “shaharliklar” safarda “Shalke-04”ni qiyinchilik bilan magʻlub etgandi (3:2).
Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi oʻz maydonida Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Ikkala oʻyin ham Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da start oladi.
Maʼlumot uchun, “keksa sinyora” dastlabki bahsda oʻz darvozasidan javobsiz 2 ta toʻp olib chiqib, magʻlubiyatga uchragandi (0:2).
YECHL
12 mart, seshanba
1/8 final bahslari
“Manchester Siti”—“Shalke-04” 01:00
“Yuventus”—“Atletiko Madrid” 01:00 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar