Las-Vegas shahrida davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni ham terma jamoamiz uchun yanada omadli yakun topdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi.
Qizlar oʻrtasida -64 kilogramm vazn toifasida supachaga chiqqan Kumushxon Fayzullayeva musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritibgina qolmasdan, oʻsmirlar oʻrtasida jahon rekordlarini ham oʻrnatdi.
Vakilamiz dast koʻtarish mashqida 93 kg, siltab koʻtarish mashqida esa 122 kg natija qayd etdi. Ikki kurashda 215 kilogramm jamgʻara olgan sportchimiz ushbu vazn toifasining siltab koʻtarish va ikki kurash yoʻnalishlari boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon rekordlarini oʻrnatishga muvaffaq boʻldi.
Oʻsmirlar oʻrtasida JCH. Las-Vegas, AQSH
Qizlar, 64 kg
1. Kumushxon Fayzullayeva (Oʻzbekiston) – 225 kg (jahon rekordi)
2. Keysi Roxas (Meksika) – 195 kg
3. Mixaela Iliye (Ruminiya) – 190 kg
Kumushxon Fayzullayeva yozda poytaxt mezbonlik qilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchib, oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi qizlar orasida ilk bor chempionlikni qoʻlga kiritgan sportchiga aylangan. Shuningdek, 2018 yil oktabr oyida Argentinada oʻtgan oʻsmirlar Olimpiadasida ham unga teng keladigani topilmagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi