
Professional boksning oʻta ogʻir vazn (+90,7 kg) toifasi vakili oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov (4 ta gʻalaba, 4 ta nokaut) 15 mart kuni AQSHda oʻzining beshinchi jangini oʻtkazishi kerak edi. Ammo jangga uch kun qolganda Bahodirning raqibi oʻzgardi.
Aslida Jalolov kolumbiyalik Santander Silgadoga (28 ta gʻalaba, 6 ta magʻlubiyat) qarshi oʻtkazishi kerak edi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻzbekistonlik bokschi endi amerikalik bokschi Villi Harveyga qarshi ringga koʻtariladi. Jang Kaliforniya shtatining Tastin shahrida oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, Bahodir 2018 yilning 9 dekabrida amerikalik Valentin Markesga qarshi ringga koʻtarilib, uni 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.
Maʼlumot uchun, Harvey 5 marotaba jang oʻtkazib, ularning 3 tasida gʻolib boʻlgan (3 ta nokaut). 1 marta magʻlub boʻlgan va yana 1 marta durangga erishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar