
Foto: MOQ
Joriy yilning mart oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “China Cup” musobaqasida qatnashadi. Mazkur musobaqaga joʻnab ketish oldidan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.
Mazkur tadbir ertaga, 14 mart kuni soat 15:00 da OʻFA anjumanlar zalida boshlanadi. Anjumanda “China Cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadigan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining tarkibi eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, “China Cup” musobaqasi 21—25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tailand terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat boʻladi.
21—22 mart kunlari dastlabki oʻyinlar boʻlib oʻtsa, 25 mart kuni 3-oʻrin uchun bahs hamda final uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
China Cup
21 mart, payshanba
Xitoy—Tailand
22 mart, juma
Oʻzbekiston—Urugvay
25 mart
3-oʻrin uchun bahs
25 mart
Final
Oʻzbekiston Milliy Terma JamoasiEktor KuperChina CupMusobaqa 2023Matbuot AnjumaniXalqaro TurnirUrugvay JamoasiTailand JamoasiGuansi Shahri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar