date
views 4 016

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi AGMKni yirik hisobda magʻlub etdi

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi AGMKni yirik hisobda magʻlub etdi
“Paxtakor” stadionida kechgan oʻyinda Lyubinko Drulovich shogirdlari 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Bundan avval olimpiya terma jamoamiz “Bunyodkor”ga qarshi nazorat oʻyini oʻtkazib, 1:0 hisobida gʻalaba qozongandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Vakillarimiz saralash bahslarida Hindiston va Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Oʻrtoqlik oʻyini
Oʻzbekiston OTJ – AGMK 3:0

Gollar: Omonov Aziz 67, Qobilov Islom 76, Qodirkulov Sanjar 78 (pen).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi AGMKni yirik hisobda magʻlub etdi
-->