
Soʻnggi mavsumni “Andijon” klubida oʻtkazgan va endigina 27 yoshni qarshi olgan iqtidorli darvozabon Nikita Ribkin katta futbol bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.
SPORTS.uz saytiga maʼlum boʻlishicha u turmush qurgan. Nikoh Rossiyaning Krasnodar shahrida qayd etilgan.
Ribkinning soʻzlariga koʻra u “Krasnodar” klubida ishlash uchun tez orada murabbiylik testlarini topshiradi.
Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq darvozaboni Oleg Belyakov bir necha yilardan buyon “Krasnodar” klubida faoliyat olib bormoqda. U 2013 yilgacha “Bunyodkor” jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlagan edi. Shundan soʻng aynan Rossiyaga yoʻl olgan.
Maʼlumot uchun, Nikita Ribkin faoliyati davomida “Paxtakor”, “Qoʻqon-1912” va “Andijon” kabi jamoalarda oʻynagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar