
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralashi doirasidagi Serbiyaga qarshi oʻyinda (1:1) jarohat oldi.
34 yoshli hujumchi birinchi boʻlim oʻrtalarida oʻziga uzoqdan uzatilgan toʻpga yugurib borayotib, birdan tezligini pasaytirishga majbur boʻldi; soʻng zaxira oʻrindigʻi tomonga murojaat qilib, oʻzini almashtirishlarini soʻradi. Maʼlum boʻlishicha, u belining oʻng qismidan shikastlangan.
Cristiano Ronaldo being subbed for muscular injury! pic.twitter.com/26MZ10cLem
— Tancredi Palmeri (@tancredipalmeri) March 25, 2019
“Xavotir olayotganim yoʻq, oʻz tanamni bilaman. Bir yoki ikki haftada safga qaytsam kerak”, – degan Ronaldudan iqtibos keltirmoqda portugal matbuoti.

Lissabondagi bahsning 31-daqiqasidan boshlab Krishtianuning oʻrnida yarimhimoyachi Pissi oʻyinni davom ettirdi. Bu vaqtda hisob mehmonlar foydasiga 0:1 boʻlib turgandi. Boʻlim oxirlarida Danilo Pereyra muvozanatni tikladi. Ikkinchi boʻlimda jamoalar boshqa gol urishmadi, natijada Portugaliya milliy jamoasi Yevro-2020 saralashini ketma-ket ikkita durang bilan boshladi. Fernandu Santush jamoasi ilk turda ham oʻz uyida Ukrainani magʻlub eta olmagandi (0:0).
Ukraina va Serbiyaga qarshi bahslar Krishtianu Ronaldu uchun Portugaliya milliy jamoasi safidagi JCH-2018dan keyingi ilk oʻyinlar boʻldi.
Maʼlumot uchun, “Yuventus” A Seriyaning navbatdagi turlarini “Empoli”, “Kalyari” va “Milan”ga qarshi oʻtkazadi. 10 aprel kuni turinliklar YECHLning 1/8 finalining “Ayaks”ga qarshi dastlabki oʻyinini Amsterdamda oʻtkazadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi ham jarohat olib, terma lagerini tark etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar