"Paxtakor" ning ikkinchi goli "Nasaf" darvozasiga ofsayddan urilganmidi? (video)

"Paxtakor" ning ikkinchi goli "Nasaf" darvozasiga ofsayddan urilganmidi? (video)
Kecha O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 12-daqiqada Marat Bikmayev penaltidan gol kiritib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida hujumga zo‘r bergan qarshiliklar muvozanatni tiklashdi. Bu vaziyatda Vladimir Kozak pala-partishlik jarayonida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Bahs so‘nggida esa Yegor Krimets gol kiritib "sherlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu vaziyatda Yegor ofsaydda turgandek taassurot uyg‘otganini qayd etish joiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar