Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining 29-Kongressi boʻlib oʻtmoqda. Kongress davomida kun tartibidagi asosiy masala 2019-2023 yillar uchun tashkilotning yangi rahbarini saylash jarayoni boʻlib oʻtdi. Unga koʻra OFKning amaldagi prezdiyenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa qaytadan yana 4 yilga tashkilot prezidenti sifatida saylandi. Shuningdek, u bir vaqtning oʻzida FIFA vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat olib boradi.
Maʼlumot uchun, Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa 2013 yil may oyida OFK prezidenti etib saylangan. Tashkilotning amaldagi rahbari boʻlajak saylovda ham oʻz nomzodini qoʻyishi haqida oʻtgan yilning sentabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan OFK ijroqoʻmining yigʻilishda maʼlum qilgan edi.
Bundan tashqari, kongress davomida FIFA konsuli sifatida faoliyat olib boradigan OFK vakillari ham tasdiqlandi. Unga koʻra Xe Du Jaochai (Xitoy), Praful Patel (Hindiston), Kozo Tashima (Yaponiya), Mariano Aranetta (Filippin), Saud Azim Al-Muhannadi (Qatar) FIFA konsuli etib tayinlandi.
OFK vitse-prezidenti sifatida esa Saud Azim Al-Muhannadi (Qatar), Mehdi Toj (Eron), Maxdum Faysal Solih (Pokiston), Zau Zau (Myanma) va Ganbatar Amgalanbatar (Moʻgʻuliston) tasdiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi