date
views 2 874

Xabib Nurmagamodevdan katta intervyu: Konor, boks jangi va boshqa masalalar haqida

Xabib Nurmagamodevdan katta intervyu: Konor, boks jangi va boshqa masalalar haqida
Yengil vazn tofasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagamedov G.V.Plexanov nomidagi universitetga tashrif buyurdi.
Bu yerda chempion bilan intervyu tashkil qilindi. Ushbu katta intervyuni e’tiboringizga havola qilamiz.

- Faoliyatingizning eng qiyin davri haqida nima deya olasiz?
- To‘rt yildan beri zaldaman. Hozirda 30 yoshman. 26 yoshimdan boshlab to‘liq kuch bilan harakat qildim. Agar senga omad 30 yoshda kelgan bo‘lsa, demak shu yosh sen uchun eng kuchli davr hisoblanadi. Erkak kishi uchun jismoniy holati eng zo‘r davri 29-31 yosh hisoblanadi. Men to‘liq kuch bilan ishlash o‘rniga uch yil davomida jarohatlarimni davolash bilan band edim. Raqiblarim mashg‘ulot o‘tkazardi, men shifoxonada edim. Bu faoliyatimdagi eng qiyin davr bo‘lgan.

- To‘xtash vaqti kelganda siz nima bilan shug‘ullandingiz va o‘zingizni qanday tinchlantirar edingiz?
- Men hech qachon to‘xtamadim, shunchaki faoliyatim biroz sekinlashdi. Hattoki, menda jarohatlar yoki operatsiyalar bo‘lganida ham, mashg‘ulot o‘tkazardim. Otam aytardi:«Seni qo‘ling singan bo‘lsa, oyog‘ing bor, tanangni boshqa a’zolari bor, demak ishlashda davom et». Men jarohatlar bilan...

- O‘zgartirish imkoni bo‘lganda, nimani o‘zgartirardingiz?
- Bunday imkoniyat yo‘q va bo‘lmaydi ham. Lekin, shunday bo‘lsa ham mayli savolingizga javob beraman. Men ko‘p vaqtimni qayta tiklanishga sarfladim. Avvallari ishlarimni shoshqaloqlik bilan qilardim, bu esa xato edi. Hozirda esa ishlarimni o‘ylab qilaman.

- Siz boks qoidalari asosida jang o‘tkazishingizga otangiz qanday fikrda edi?
- «Sen jinni bo‘lib qoldingmi? Nimaga kerak boks»- dedi. U meni boks qoidalari asosida jang o‘tkazishimga rozi emasdi. Bundan tashqari, men boks qoidalari asosida jang o‘tkazolmasdim. Sababi, meni UFC bilan yana ikkita jang uchun shartnomam bor. Ular menga ringga chiqishga yo‘l qo‘ymaydilar.

- Konor faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarga munosabatingiz.
- Uning uchun bu oddiy holat. Ertagayoq men qaytdim deb xabar qoldirsa ajablanmayman. U bo‘lmasa UFC obro‘si tushib ketadi, deb o‘ylaydi. U UFC bilan juda manfaatli shartnoma uchun shunday qiladi. Bu uning siyosati. Men uni tushunaman. U eridan arazlagan ayollarga o‘xshaydi.

- Yaqin oradagi rejalaringiz.
- Men sentyabrda qaytishni xohlamoqdaman. Lekin, buni iloji yo‘q. Sababi, og‘a-inilarim (Zubayra va Abubakar)siz janglarga qaytmayman. Men ularsiz oktagonga qaytmasligimni aytganman. Ular mening aybim bilan jazolanishdi. Ular qachon jangga qaytsalar, o‘shanda men ham qaytaman. Eng qizig‘i UFCdagilar va’damdan voz kechishim uchun menga pul taklif qilishdi.

- Siz sentyabr oyida oktagonga qaytasiz. Keyingi raqibingiz kim bo‘ladi? Xolloeuy – Pore jangi g‘olibiga qarshi jang qilasizmi?
- Menga qolsa, Xolloeuy bilan jang qilish qiziq. U UFCda g‘alaba qozonish bo‘yicha(13 ta g‘alaba) rekordchi. Shuningdek, agar u Pore ustidan g‘alaba qozonsa, ikki vazn toifasida chempionga aylanadi. U menga nisbatan kattaroq, u bilan bo‘ladigan jang aniq qiziq bo‘ladi. Agar UFC bilan kelishuvga erishsak, 7 sentyabrda oktagonga qaytishni kutmoqdaman.

- Islam Maxachev Sankt-Peterburgda jang o‘tkazishini ma’lum qildingiz. UFC tomonidan sizga uning burchagida turishingizga ruxsat berishadimi?
- Menga bunga ruxsat berishmaydi. Lekin, men uning oldida bo‘laman. Islamning oldida otam, Xaver Mendes va Samir Magomedov bo‘ladi. Islam kuchli jangchi. U UFCda debyut qiladi, lekin uning hisobida 13 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat bor.

- Konor yana siz haqingizda bir necha noo‘rin fikrlar bildirdi. Bu asabingizga tegmayatdimi?
- E’tibor bersangiz, u har bir turnirdan so‘ng ijtimoiy tarmoqda bir nechta keraksiz fikrlar qoldirmoqda. U xohlaganicha yozaversin, meni u bilan ishim yo‘q. Men u bilan qafasda bo‘ldim, bu vaqtda hech nima demagandi. Men unga xohlaganimcha zarbalar berdim, u menga bir marta ham javob qaytarmadi. U mendan yana bir necha ming kilometr uzoqda, shunga yana uning og‘zi ochilib qoldi. Bu uning qanchalik past odamligini isbotidir.

- Kim g‘alaba qozonadi Xollouey yoki Pore?
- Pore- ajoyib jangchi, lekin menimcha hozirda Maksning davri. Bu jangni men kutyabman, men uchun bu qarama-qarshilik juda qiziq. Sababi, bu jang g‘olibi mening raqibim bo‘ladi.

- Bu yil sizni bir marta oktagonda ko‘ramizmi?
- Men sentyabrda, keyin 30 yoki 31 dekabrda jang qilishni istardim. UFC bilan kelisha olsak, bu yil ikki marta jang o‘tkazmoqchiman.

- Makgregor bilan revansh bo‘ladimi?
- To‘g‘risini aytganda, Konor faoliyatini yakunlashni e’lon qilgunga qadar bu rejamizda bor edi. Menga Konor iyul oyida jang o‘tkazadi, sen esa sentyabrda. Agar ikkalamiz g‘alaba qozonsak, unda yil oxirida revansh bo‘lishi aniq edi. Ochig‘ini aytganda, menga kim bilan jang qilishning farqi yo‘q. Xohlashsa Ferguson bilan jang tashkilashtrishsin yoki Xollouey – Pore jangi g‘olibi. Menga qafasda kim bilan bo‘lish ahamiyatsiz.

- O‘zingizni o‘rta vaznda sinab ko‘rishni o‘ylaganmisiz?
- Qiziqarli bo‘lardi, lekin men hozircha buni istamayman. Men yengil vazn chempioniman. Vaznimni o‘zgartirish niyatim yo‘q.

- Ukangiz, Abubakar Nurmagomedovni UFCda qachon ko‘ramiz?
- U allaqachon UFCda.

- Asosiy raqibingiz Fergyusonning katta muammolari bor. Sizningcha u hali-beri qaytmaydimi?
- Unda psixologik muammolardan ko‘ra ko‘proq oilaviy muammolari bor. Uning ayoli politsiyaga yozib berdi. Men birovning oilasi haqida gapirishni yoqtirmayman. U sog‘ bo‘lishini tilayman. Tezroq qaytishini xohlardim. hammani o‘ziga yarasha muammolari bo‘ladi, u ham tezroq o‘ziga kelib, oktagonga qaytadi.

- U bilan jang qilishni hali ham orzu qilasizmi?
-Albatta. Bu eng ko‘p kutilyotgan jangku. UFC so‘rovnoma o‘tkazganida, muxlislar meni Ferguson bilan jang qilishimni istashayotganliklarini ma’lum qilganlar.

- Faoliyatingizni qay tariqa yakunlasangiz, xursand bo‘lasiz?
- Menimcha, yana 2-3 ta jang va tamom. Agar 30-0 bo‘lsa, faoliyatimni omadli o‘tdi deb aytsam bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagamodevdan katta intervyu: Konor, boks jangi va boshqa masalalar haqida