
Superogʻir vazn toifasi vakili britaniyalik Tayson Fyuri hamda germaniyalik Tom Shvars oʻrtasidagi jang 15 iyun sanasida oʻtadigan boʻldi. Mazkur toʻqnashuv AQSHdagi MGM Grand arenasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
30 yoshli Tayson faoliyati davomida 28 ta jang oʻtkazib, ularning 27 tasida (19 nokaut bilan) gʻalaba qozongan. Deontey Uaylderga (AQSH) qarshi oʻtkazgan soʻnggi jangida esa durang natija qayd etilgan.
Oʻz navbatida britaniyalik charm qoʻlqop ustasining raqibi Tom Shvars ham prof ringda biror marta ham magʻlub boʻlmagan. U 24 bora ringga koʻtarilib, 16 marta raqiblarini nokautga uchratgan va qolgan janglarida ochkolar boʻyicha zafar quchgan.
Boʻlajak jang, WBO Inter-Continental kamari uchun kechadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar