Xurshidbek Normatov navbatdagi jangida ham raqibini mag‘lub etdi

Xurshidbek Normatov navbatdagi jangida ham raqibini mag‘lub etdi
AQShning Nyu-York shahridagi «Soni Hall» saroyida bo‘lib o‘tgan boks kechasida super o‘rta vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Xurshidbek Normatov va Kelvin Metkalf (AQSh) o‘rtasida reyting jangi o‘tkazildi.

6 raundga mo‘ljallangan ushbu Xurshidbek – Kelvin bahsida hakamlar qaroriga (60:53, 60:53, 60:53) ko‘ra 26 yoshli o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland keldi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, Xurshidbek prof ringdagi o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazib, zafar qozondi. G‘alabalarining uchtasida esa raqiblarini nokautga uchratgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar