08:20 / 12.04.2019
2 837

"Real" Beylni qanchaga sotmoqchi?

"Real" Beylni qanchaga sotmoqchi?
"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beyl mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketishi mumkin. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 29 yoshli uelslik futbolchini 130 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, ushbu mablag‘ muzokaralar davomida yana biroz kamaytirilishi mumkin.

Bundan tashqari “Real” rahbariyati Beylni MYu xavbeki Pol Pogba yoki "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenga ham almashishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" Beylni qanchaga sotmoqchi?