
Superog‘ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni Entoni Joshua da’vogar Jarrell Miller haqida fikr bildirdi.
"Miller gavdali, kuchli, xuk zarbalarini yo‘naltirishda ustasi farang, boshqa og‘ir vaznlilardan harakatchanligi bilan ajralib turadi. Menga qarshi jang u uchun imkoniyat. Lekin Millerga bu imkoniyatni bermayman.
Jangdan so‘ng uning yuzi shunday ko‘rinishda bo‘ladiki, uni yaqinlari ham taniy olmasalar kerak. Men unga jangdan keyin yuzingni plastik operatsiya qilasan, deb va’da berganman", - dedi Joshua.
Eslatib o‘tamiz, Joshua - Miller jangi 1 iyun kuni AQShning Nyu-Yorks shahridagi "Medison Skver Garden" arenasida bo‘lib o‘tadi.
Manba: olamsport.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar