Ulug‘bek Baqoyev “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Ulug‘bek Baqoyev “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi etib tayinlandi
Superliganing 4-turida “Dinamo” klubi mehmoni bo‘lgan “So‘g‘diyona” bosh murabbiysiz qolgan edi, ya’ni jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan mazkur uchrashuvdan so‘ng iste’foga chiqqan edi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, klubni endilikda Ulug‘bek Baqoyev boshqaradi. U “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi sifatida rasman ish boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Baqoyev “Buxoro” klubidan ketganidan buyon ishsiz yurgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar